Talabalar uchinchi kursdan boshlab maktablarda dars berishi mumkin

Avvallari faqatgina 4 kursdan boshlab dars o‘tishlariga ruxsat berilardi
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Toshkentda maktab o‘quvchilari ommaviy mushtlashdi
Unga muvofiq, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
Avvalgi tartibga ko‘ra, talabalar 4 kursdan boshlab pedagogik amaliyotlarni o‘taganlaridan so‘ng maktablarda dars o‘tishlariga ruxsat berilardi.