Shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxi necha foizga qimmatlashdi

Sentabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekistonda shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari sentabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 8,5 foizga qimmatlashgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Sentabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan.
O‘zbekiston va Tojikistonni yangi avtobus yo‘nalishi bog‘laydi
Avvalroq 2021-2022 hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi xabar qilingan edi. Shundan shahar yo‘nalishi – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta.