TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiyaning “Gosuslugi” portalida xorijlik ishchilar uchun yangi “Trudovaya migratsiya onlayn” superservisi ishga tushirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoning so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Bu xizmat yordamida migrantlar yangi ish o‘rinlari topishlari, onlayn suhbatdan o‘tishlari va ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Unda migrantning barcha shaxsiy ma’lumotlari aks ettiriladi. Superservisdan Rossiyaga kelgandan keyin qachon va qayerda hujjatlarni rasmiylashtirish mumkinligi, buning uchun qancha pul to‘lash kerakligini bo‘lib olsa bo‘ladi.