Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishda imtiyozlar beriladi

Deputatlar go‘sht narxini barqarorlashtirish uchun soliq imtiyozlar joriy etishni ma’qulladilar
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda qo‘yi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuk mashinalarini O‘zbekistonga import qilishda imtiyoz beriladi
Qonun loyihasida go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan O‘zbekistonga olib kirishda va realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.
Deputatlarning fikricha, ushbu hujjatning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarning barqarorligini saqlashga xizmat qiladi. Qizg‘in muhokamalar va baxs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.