Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

Uchrashuvlar joriy yilning 27-oktabrdan 2-noyabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar O‘zbekiston maydonlarida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ba’zi bir sabablarga ko‘ra Kuvayt mazkur bosqich uchrashuvlariga mezbonlik qila olmaydi. Shu sababli OFK saralash o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazilishini tasdiqlagan.

“D” guruhidan O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt terma jamoalari joy olgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27-oktabrdan 2-noyabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
U-23 Osiyo kubogining final bosqichi kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqalarda Temur Kapadze boshchiligida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.