TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Pandemiyadan so‘nggi bir yil davomida “yarimo‘tkazgichlar inqirozi” yoki “mikrosxemalar inqirozi” haqida tez-tez xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Yaqinda UzAuto ham yarimo‘tkazgichlar yo‘qligi sababli “Cobalt” avtomobillarini o‘rindiq isitgichlari bilan jihozlashni to‘xtatganini hamda uzoq muddat davomida yarimo‘tkazgichlarni kutishga, va shu tufayli tayyor avtomobillarni omborxonalarda saqlashga majbur bo‘layotgani haqida xabar qilgan edi.
Jahon elektronika sohasining o‘ziga xos tuzilishi
Gap shundaki dunyoda elektrotexnika sohasining tuzilishi o‘ziga xos. Aksariyat yangi kashfiyotlar, yangi dasturlar G‘arb davlatlarida yaratilsa-da, mikrosxemalarni ishlab chiqish Osiyo hududida joylashtirilgan. Dunyoda kompyuterdan tortib avtomobillargacha, umuman barcha sohalarda qo‘llanilayotgan mikrosxemalarning 80 %i Osiyo qit’asida ishlab chiqariladi.
Xususan, dunyoning eng yirik ishlab chiqaruvchisi - Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) – dunyo mikrosxemalar bozorining 56%ga ega, Samsung Electronics – 17 %i. Undan tashqari Xitoyning UMC, SMIC va Power Semiconductor Manufacturing kabi yirik kompaniyalar ham jami 20% ni egallaydi.
Dunyoda barcha tanigan Intel, Broadcom, Qualcomm, Nvidia kabi kompaniyalar ham o‘zlarining mahsulotlarini Osiyo qit’asida joylashgan korxonalarga buyurtma beradi. Chunki Osiyoda resurslar arzon, soliqlar, ekologik normalar past va ho kazo. Oqibatda G‘arbdagi mikrosxema ishlab chiqaruvchi korxonalar texnologik jihatdan 20-30 yil orqaga qolib ketgan. Bugungi krizis sharoitida ularni yangi mikrosxema ishlab chiqarishga moslashtirish uchun kamida 3-5 yil kerak bo‘ladi, deyishmoqda ekspertlar.
AQSh - Xitoy savdo urushi
Ma’lumiki AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi iqtisodiy urush e’lon qilgan va ko‘plab ta’qiqilar sanksiyalar kiritgan edi. Ana shu ta’qiqlardan eng ta’sirlilaridan biri – mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi SMIC va Huawei kompaniyalari yangi texnologiyalarni, ishlab chiqarish uskunalarini sotish, ularning mahsulotini sotib olishni mutlaq ta’qiqlab qo‘ydi. Ustiga-ustak, Xitoydan olib kelinayotgan har qanday elektron tovarlarga qo‘shimcha 25% boj belgiladi. Buning oqibatida qator sohalarda – videokartadan boshlab avtomobillargacha mikrosxemalar yetishmay qoldi.
Pandemiya va mis narxi
Ma’lumki, pandemiya oqibatdia dunyoning barcha mamlkatlarida aksariyat korxona va muassasalalr bir yoki necha oy davomida masofdan turib ishlashga majbur bo‘lishdi. Buning oqibatida butun dunyo bo‘ylab noutbuk, kompyuter, 5G modemlar va turli uy elektronikasi, o‘yin konsollariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtacha 5-10 %ga oshdi. AQShda esa ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatildi. Elektron gadjetlar savdo hajmi misli ko‘rilmagan 442 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Ishlab chiqaruvchilar sanoat hajmini oshirishdan xursand bo‘lishi kerak edi, lekin pandemiya vaqtida uzilib qolgan yetkazib berish zanjirlari, ayrim resurslar narxi oshishi bunga xalal berdi. Xususan, mis narxi pandemiyaning 2-yilida 2 baravar oshib ketdi. 2019-yil oktabrida jahon birjalarida bir tonna mis 5700 dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bir tonna mis narxi 10200$ni tashkil qilmoqda va yana o‘sishda davom etmoqda. Ustiga-ustak dunyo omborxonalarida mis qoldig‘i eng past nuqtaga yetgan.
Texnologik zinapoya
Ma’lumki bugungi kunda mikrosxemalar ishlab chiqarish texnologiyasi juda tez rivojlanib, mikrosxemalar o‘lchami yildan yilga kichrayib bormoqda. Xususan 1990-yillarda kompyuter chiplari 32 Nm texnologiyada ishlab chiqarilgan bo‘lsa bugungi kunda ular 3-5-7 Nm texnologiya asosida ishlab chiqarilmoqda. Bu degani, kichikroq chip kamroq energiya sarflaydi, kamroq qiziydi uning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Yana 1 sm2 maydonga ko‘proq yarimo‘tkazgich joylashtirib protsessor quvvatini yoki xotira hajmini oshirish mumkin.
2019-2020 yillarda bir necha mikrosxema ishlab chiqaruvchi korxonalar yangi texnologiyalarga o‘tish arafasida yoki jarayonida bo‘lgan vaqti edi. Umumjahon pandemiyasi mikrochiplar sanoatining ana shunday “texnologik zinapoya” davriga to‘g‘ri keldi. Bu esa investorlar uchun yana bir noaniqlik faktori bo‘ldi va sohaga kiritilayotgan sarmoyalar miqdori qisqarishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida bu mikrochiplar bozori uchun yana bir ortiqcha zarba bo‘ldi.
Avtomobil sanoatiga zarba
Avtomobil sanoatida uzoq yillar davomida chiplar ishlab chiqarish texnologiyasi yangilanmasdan kelayotgan edi. Masalan, kompyuter yoki smartfonlarda 5-10 Nanometr texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘ta kichik hajmli chiplardan foydalanilsa-da, eng yangi avtomobillarda 28 Nmli mikrosxema va elektron komponentlardan foydalanib kelayotgandi. Chunki hech kim “shundoq ham yaxshi ishlayotgan” narsaga pul tikishni istamay turgandi.
Vaholanki so‘nggi yillarda avtomobillarga o‘rnatilayotgan ko‘plab elektrn yordamchilar, ABS, ASR, EBD va ESP kabi qator xavfsizlik tizimlari, dvigatelniboshqarish bloki, klimat-kontrol va boshqa elektron jihozlar soni shunchalik ko‘payib ketdiki, ularning umumiy vazni 150-200 kgdan mikrokompyuterlar soni esa 100dan oshib ketdi. Bugungi kunda avtomobil narxining 40-45 % elektron komponentlarga to‘g‘ri kelmoqda, vaholanki 1990-yillarda – 18 % bo‘lgan.
Tesla kabi elektromobillar paydo bo‘lishi, boshqa ishlab chiqaruvchilarni ham o‘z avtomobillariga eng zamonaviy elektron tizimlar bilan jihozlashga yana bir turtki bo‘ldi. Axir Teslada markaziy konsolda 15-17 dumli ulkan rangli displey tursa, boshqa premium klass avtomobili ishlab chiqaruvchi shunchaki 7dumli yoki monoxrom displey o‘rnata olmaydi-da...
Xullas, 2019-2020 yillar dunyo avtomobil sanoatida ham ommaviy tartibda elektron tizimlarni jiddiy modernizatsiya qilish vaqtiga to‘g‘ri keldi. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar eski elektron komponentlardan voz kechib, yangi elektronikaga o‘tish vaqti – aynan yarimo‘tkazgichlar inqiroziga to‘ri keldi.
Bir tomondan pandemiya, ishlab chiqaruvilarning ertangi kunga ishonchi sust, ikkinchi tomondan yangi texnologik liniyalar qurish uchun ulkan sarmoyalar kiritish kerak, uchinchi tomondan ishlab chiqarish, yetkazib berish zanjirlari uzilgan va mis narxi oshayotgan vaqt zamonda har qanday ishlab chiqaruvchi yoki sarmoyador yangi mikrosxemalar ishlab chiqarish liniyalari uchun milliard-milliard pul tikishga shoshilmaydi. U vaziyat barqrorlashishiga, o‘zi tikkan mablag‘ini ertaga qaytara olishiga ishon hosil qilishi kerak. Pandemiya va krizis vaqti esa - bu oson emas.
Ustiga-ustak Yaponiyada avtombillar uchun maxsus chiplar ishlab chiqaruvchi Renesas Electronics zavodida kuchli yong‘in oqibatida bir necha ishlab chiqarish liniyalari yo‘q bo‘lib ketdi. Ushbu korxona jahon bozorining 17% ini yarimo‘tkazgichlar bilan ta’minlar edi. Ehitmol bu rostdan baxtsiz hodisa bo‘lgan, ehtimol boshqa narsa, lekin komgadir juda qo‘l keldi, kimnidir milliard milliard foydadan mahrum qildi.
Avtomobil sanoatining yana bir xususiyati shunda-ki – aksariyat ishlab chiqaruvchilarda zahira omborxonalar yo‘q. Ya’ni barcha detallar aynan avtomobilni jamlash vaqtiga yig‘ish liniyasiga yetkazib beriladi. Chegaralar yopilgan, logistika murakkablashgan krizis vaqtida esa, bir dona mikrosxema yetishmasa ham – butun boshli zavod to‘xtab qolishi mumkin.
Ana shu omillarning barchasi yig‘ilib kelib avtomobil sanoatiga zarba berdi va oqibatda 2021-yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 61 mlrd $ga qisqarishi bashorat qilinmoqda. Xususan , GM, Ford, Volkswagen, Honda, Fiat Chrysler, Volvo, Nissan, Mitsubishi, Nio kompaniyalari bir necha zavodlarini yopishga va ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga qaror qilganini e’lon qildi.
Undan tashqari AMD, Sony, Microsoft, Samsung kompaniyalari yangi smartfonlarning bir necha modellarini ishlab chiqarishni keyinga qoldirganini e’lon qilishgan.
Kelajakda bizni nima kutmoqda?
Ushbu vaziyatdan g‘olib chiqadigan kompaniya va davlatlar ham bor. Xususan AQSh, mikrosxemalar krizisi natijasida, o‘zining yarimo‘tkazgichlar sohasida texnologik qoloqdan yetakchiga ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishi mumkin. Intel direktori kelajak 2-yilda ushbu sohaga 20 milliard dollar sarmoya kiritish e’lon qildi. Ikiknchidan Jo Bayden ham AQShda mikrochiplar ishlab chiqarish uchun 37 milliard dollar sarmoya kiritish taklifini Kongress oldida himoya qilishini ma’lum qildi.
Yana bir g‘olib – Tayvanda joylashgan TSMC, bugungi kunda kompaniya jahon elektron komponentlar bozorining 56%ini egallagan monopolist. Ayni damda korxona yangi zavodlar qurmoqda va 2022-yilda jahon yarimo‘tkazgichlar bozorining 70 %ini egallashi bashorat qilmoqda. Ular hatto Yaponiyada zavod ochmoqchi. Bir Tayvanda radio ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan yaponiyaliklar bundan hayratda.
Apple – kompaniyasi 2022-yil uchun TSMC zavodining eng zamonaviyi 3 va 5 nanometrli mikrosxemalar ishlab chiqarish liniyasining 80% quvvatini allaqachon egallab olibdi. (buyurtma joylashtirgan). Apple u yerda o‘zining A va M seriya protsessorlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Toyota ham yaqin yarim yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Chunki, kompaniya barcha kerakli mikrosxemalarning 4 oylik zahiralarini oldindan g‘amlab qo‘ygan ekan. Ular bunday bo‘lishini qayerdan bildi ekan-a?
Demak, kelgusi yilda insoniyatga Macbook, Iphone hamda Toyota avtomobillari yetkazib berishda muammo bo‘lmaydi. Qolgan brendlar - hozircha noma’lum. Narxlar arzon bo‘lishini esa - orzu qilmasa ham bo‘ladi.