TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Chexiya Senatining konstitutsiyaviy komissiyasi kasalxonaga yotqizilgan davlat rahbari Milosh Zemanni prezident vakolatlaridan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Chexiya televideniyesi xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
“Parlamentning yuqori palatasi konstitutsiyaviy komissiyasi, Senat a’zolari davlat rahbari Milosh Zemanni uning sog‘lig‘i sabab prezident vakolatlaridan mahrum qilish va ularni parlament quyi palatasi spikeri va bosh vazirga o‘tkazish jarayonini haqidagi masalani ko‘rib chiqishni boshladi”, - deyilgan xabarda.
Zemanni prezident vakolatlaridan mahrum qilish to‘g‘risidagi yakuniy qaror Chexiya Konstitutsiyasi 66-moddasiga binoan parlamentning yuqori va quyi palatalari majlisida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
10 oktabr kuni 77 yoshli Milosh Zeman surunkali kasallik bilan bog‘liq asoratlar tufayli Pragadagi harbiy gospitalga yotqizilgan edi. U yerda Zeman sentabr oyida sakkiz kun rejala muolajalarni olgandi. Davlat rahbari oyoq nevropatiyasidan azob chekadi va eshitish qobiliyati buzilishi va qon bosimi pasayganidan shikoyat qilgan. Shuningdek, u qand kasalligi sabab shifokorlar nazorati ostidan bo‘lgan.
Milosh Zeman 2018-yilda ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangan. Uning bu galgi vakolatlari 2023-yilda tugashi kerak edi.