“Yomg‘ir, tuman”: hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

21 oktabr kuni nam va sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Bugun, 18-oktabr kuni, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati meyordan +3...+4 darajaga yuqori bo‘lgan kam bulutli va o‘rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bunday holat haftaning o‘rtasigacha davom etadi, hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat fonining yuqoriligi saqlanib turadi. Kechalari +7...+12 daraja iliq, kunduz kunlari +22...+27 daraja iliq bo‘ladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga 20-oktabr kuni Volga bo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat pasaya boshlaydi.
21 oktabr kuni nam va sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi. Ko‘p viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Eng chekka sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kechqurun kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kuni +13...+18 daraja iliqqacha pasayadi, bu meyordan +2...+4 daraja past bo‘ladi.
22 oktabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi +8...+13 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy meyorlardan +6...+7 darajaga past bo‘ladi.
21-22 oktabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 21-23 oktabr kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-23 oktabrda O‘zbekistonning ayrim viloyatlariga tuman tushishi mumkin.