TOShKENT, 18 okt – Sputnik. – Rossiya NATOning Moskvadagi vakolatxonasi faoliyatini 1-noyabrdan boshlab to‘xtatib turadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya bosh diplomati Sergey Lavrov so‘zlariga tayanib.
“Endi Moskva bilan bog‘lanish uchun NATO vakillariga Rossiyaning Belgiyadagi elchisiga murojaat etishlari kerak bo‘ladi”, – dedi Lavrov.
Ma’lum bo‘lishicha, 1-noyabrdan boshlab alyansning Moskva shahridagi idorasi ma’lum bir payt faoliyat olib bormaydi. Undagi xodimlariga berilgan akkreditatsiya qaytarib olinadi, axborot burosi esa yopiladi.
Sal avvalroq, Rossiyaning NATOdagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimiga berilgan akkreditatsiya qaytarib olinganini tasdiqlangandi. NATOdagi Rossiyaning xodimlari sonini o‘n nafarga tushirib qyo‘ib.