Qoraqalpog‘iston sahrolari “yashil inqilob” ostonasida turibdi

Orol qaytmasa ham mo‘’jiza ro‘y berishi mumkin
Sputnik

Xayrli ishlar

BMTning O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psheriklik trast fondi ishga tushirilishi to‘g‘risida 2018-yil 27-noyabr kuni e’lon qilingan edi. O‘tgan qisqa davrda BMT agentliklari jamg‘arma shafeligida qishloq joylarini rivojlantirish, Orol dengizining qurishi oqibatlaridan jabr ko‘rayotgan aholi hayoti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, ta’lim olish, sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun imkoniyatlar yaratish borasidagi bir qator xayrli ishlarni amalga oshirdi.
Viveska na vyezde v Karakalpakstan
Bunga ushbu hududga BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan media-tur jarayonida shaxsan guvoh bo‘ldik.

Kecha va Bugun

Orol dengizi, Orol fojeasi haqida juda ko‘p yozilgan. Ammo fojia ko‘lami qanchalik keng va qo‘rqinchli bo‘lmasin, har safar Respublikaga kelganimda insonlarning yengilmas bardoshiga qoyil qolaman. Bu yerda iqlim o‘ta keskin – qish izg‘irinli, yoz o‘ta issiq... bir tomondan qurg‘oqchilik va chang... sho‘rlab ketgan yerdan faqat saksovul o‘sadi. Shunday noqulay va tang bir sharoitda qoraqalpoqlar hech qachon bu qiyinchiliklardan noliganini eshitmadim.
Samolyotdan tushib, Qo‘ng‘irotga yo‘l olganimizda shular haqida o‘ylab ketayotgan ekanman, hamkasblardan biri “Qoraqalpog‘istonning hamma joyi shundaymi?” deya avtoulov oynasi ortidagi cho‘l manzarasiga ishora qiladi. “Ha”, deyman.
Tez orada bunga o‘zi ham ishonch hosil qildi – bepoyon cho‘lning adog‘i ko‘rinay demasdi.
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpog‘iston bog‘chalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Ha, Orol dengizida kemalar suzgan, tutilgan baliqlarga konserva zavodlarida tinimsiz ishlov berilgan vaqtlarda Qoraqalpog‘iston, albatta, boshqacha bo‘lgan.
Mamlakatda uzoqni o‘ylamay amalga oshirilgan qishloq xo‘jaligi siyosati va puxta rejasiz ishlab chiqilgan irrigatsiya tizimlari oxir-oqibatda Orol dengizining qurishiga va hududning ekologik fojeasiga olib keldi.
Bugun yuqorida qayd etilgan loyiha, ushbu fojealar oqibatlarini bartaraf etishga qat’iy bel bog‘lagan.
BMTTDning Qoraqalpog‘istondagi vakili, loyiha rahbari Alisher Utemisovni savolga tutaman.
Jenshina nabirayet pityevuyu vodu iz vodoprovoda
Aytishicha, jamg‘arma aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq aholisining (kichik va o‘rta biznes, dehqon va fermerlar, tadbirkorlarni ) daromad topish va o‘z tijoratini yo‘lga qo‘yishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Shu kungacha o‘n uchta tijorat-loyihalar qo‘llab quvvatlangan. Maqsad esa bitta – har bir tumanda namunaviy loyiha yaratish, toki qolganlar undan o‘rnak va ilhom olsin.

Yashil inqilob

Suvni tejaydigan texnologiyalarni integratsiyalash va qishloq aholisining amaliy bilim, ko‘nikmalarini oshirish, qishloqdagi iqlim o‘zgarishiga moslashish – BMTTD amalga oshiradigan tadbirlarning muhim jihatlaridan biri.
Jamg‘arma yordamida Taxtako‘pir tumanida tomchilab sug‘orish tizimi bilan jihozlangan issiqxonalardan biriga tashrif buyuramiz.
Issiqxonada ekinlarni parvarishlab yurgan agronom Shermuxammad aka Maxmudov bilan suhbat qildik. Farg‘onadan kelib shu yerda mehnat qilayotgan ekan.
Virashivanie ogursov v Karakalpakstane
10 sotix yerga issiqxona qurib, avval pomidor, mana endi bodring ekibdi. Har bir tup bodringdan 5-7 kilo, 10 sotix yerdan esa taxminan 8,5 tonna mahsulot olar ekan. Bundan tashqari, ekkan limonlari kelasi yildan hosilga kirishini aytadi.
– Sakkiz yoshga yetgan mahalda har bir daraxtdan 90 kilogacha limon olamiz, - deya aniqlik kiritadi Shermuhammad aka.
Sho‘r 10 sotix yerdan yerda qanday qilib 8,5 tonna mahsulot olayotganiga qiziqdik.
Ogursi
– Tabiiy o‘g‘it yer sho‘rini yo‘qotar ekan, shu yerga kelib ko‘rdim, olayotgan hosilimdan ko‘nglim to‘q!
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning dasturida Qoraqalpog‘istonda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun ixcham issiqxonalar qurib berish masalasi ham bor edi. Demak, tajriba bor, ommalashtirish qolgan, xolos.

Suv - bu hayot

Shuningdek, jamg‘arma tomonidan olis qishloqlarga suvni tozalaydigan uskunalar yetkazib berilgan. Suv ta’minoti tizimlari ta’mirlanmoqda.
Masalan, Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy kasalxona va 22-son poliklinikasining suv ta’minoti tizimi rekonstruksiya qilingan. Bo‘zatovdagi 2 va 8-sonli maktablarni ham ichimlik suv bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Sotrudnik vodoochistitelnoy stansii
Taxtako‘pir tumanida bir-necha aholi punktlarida suv ta’minoti tizimlari ishdan chiqqan edi, shular ta’mirlab berildi va 3491 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Hech kim dard oldida yolg‘iz emas

BMTning ko‘ngililaridan ta’lim olgan 400 nafar tibbiyot ko‘ngillilari og‘ir ekologik sharoitda yashayotgan Qoraqalpog‘iston aholisiga ijtimoiy tarmoqlar orqali koronavirus infeksiyasi va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda.
Ularning orasida tibiy xodilari ham, o‘qituvchilar ham, qishloq fuqarolik yig‘inlari mutaxassislari, yoshlar va pensionerlar ham bor.
Obshenie s vrachom v Karakalpakstane
– Bizga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi… Biz o‘z navbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan maslahatlashamiz, ma’lumotlarni ko‘ngililarga taqdim etamiz. Qo‘ldan kelguncha ko‘maklashamiz, maslahat beramiz, mutaxassis yuboramiz… Maqsadimiz, hech kim dard oldida yolg‘iz qolib ketmasin.

Inson taqdiri

Tug‘ruqxonaga keldik.
Yaqinda o‘rnatilgan zamonaviy uskunalar, yaratilgan shart-sharotlar bilan tanishdik.
Vrach
Bir chekkada dam olib o‘tirgan onaxon bilan gaplashdim. Ismi Oltinoy ekan.
– Toshkentdan keldingizmi? Jurnalistmisizlar? – so‘raydi Oltinoy opa. - Nega bizda ishga joylashish qiyin? - deya savollarini davom ettiradi onaxon.
Oltinoy opaning dardi ko‘p ekan. O‘g‘li Toshkentda quruvchilikka o‘qib kelibdi, biroq ish topolmay, qo‘shni davlatga ish qidirib chiqib ketibdi.
Qoraqalpog‘istonda korrupsiya o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobarga oshgan
Aslida har bir inson taqdiri – millat taqdiri…
Oltinoy opaning dardi faqat uniki emas. Bu muammolarni bartaraf etish ustida o‘ylanyapti, harakat qilinyapti…
Shu yil 21-sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashib, mintaqani rivojlantirish, aholining farovonligini oshirish borasidagi bir qator dasturlar bilan o‘rtoqlashgan edi. Ularning orasida 160 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish borasidagi rejalar ham bor.
Shubhasizki, ushbu ish o‘rinlaridan biri Oltinoy opaning o‘g‘liga nasib etajak!