AQSh Gruziyaga uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi - Lloyd Ostin

Lloyd Ostin Gruziyaga tashrif buyurib, hukumatni mamlakat NATOga a’zo bo‘lishi uchun zarur o‘zgarishlarni amalga oshirishga chaqirdi
Sputnik
TOShKENT, 18 okt - Sputnik. AQSh Gruziyaga u mudofaa sohasida o‘z imkoniyatlarini kengaytirib olishiga yordam bermoqchi.
Qo‘shma Shtatlar mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin shu maqsadda Gruziyaga yetib bordi va Amerika Gruziyaga uning G‘arb bilan yaqinlashuvida ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar Gruziyaga uning mudofaa qudratini mustahkamlashga yordamlashishga va uning yevro-atlantik integrallashuvida ko‘maklashishiga tayyor, men bu yerdagi uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqdaman", - deb aytgan Ostin o‘z Twitter’ida.
AQSh va NATO harbiy infratuzilmasini MOda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul – RF TIV
Ilgariroq Pentagon idora rahbari Ukraina, Gruziya va Ruminiyaga tashrifi davomida Qora dengiz xavfsizligi masalasini muhokama qilishi haqida bayonot bergan edi.
Shuningdek, Ostin ushbu tashriflar davomida NATO eshiklari Gruziya va Ukraina uchun ochiqligi haqida bayonot berishi kutilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi AQShning MDH chizig‘ida qo‘shnilarga harbiy qudratni oshirishda yordam berishidan hamisha tashvish bildirib kelgan.