Stalin to‘g‘ri qaror qabul qilgan kun

Stalinning qahramonligi yoki Ikkinchi Jahon urushi yo‘nalishini o‘zgartirib yuborgan, tarixda "Moskva mo‘jizasi" nomini olgan voqea haqida.
Sputnik
Ushbu hikoya bundan roppa-rosa 80-yil oldin 1941-yilning oktabr oyini o‘rtalarida sodir bo‘lgan va Ikkinchi Jahon urushi taqdirida muhim rol o‘ynagan voqeaga bag‘ishlanadi.
O‘shanda nemis fashistlarining tish-tirnog‘igacha qurollangan, tank va motorlashtirilgan diviziyalari shiddat bilan Moskvaga yaqinlashib kelayotgan edi. Qizil Armiya ularga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, lekin sekin-asta Sharqqa chekinishga majbur bo‘layotgan edi. Frontlardan kelayotgan yangiliklar biri biridan qayg‘uli, aksariyat hollarda sovet askarlari goh u shaharni goh bu shaharni qoldirib chekinishga majbur bo‘lgani haqidagi noxush xabarlar edi. Xullas Sovet Ittifoqi kelajagi mutlaq mavhum, bo‘lgan eng tushkunli kunlar edi.
Oborona Moskvi.
Urushda vahima - bu dahshatli narsa bo‘ladi. Dushman tomon juda kuchli bo‘lmasa ham, odamlar kun sayin duch kelayotgan qiyinchiliklar soni ortib boravergan sari turli vahimalar ham kuchayib boradi. "Ana bizni qurshab olishdi", "ana oziq-ovqat zahiralari yo‘q qilindi", "ana bizni tashlab ketishdi", "nima qilib bo‘lsa ham o‘zimni qutqarishim kerak" kabi fikrlar himoyada bo‘lgan tomondagi har bir kishiing boshiga kelishi aniq.
Kunlarning birida ana shunday vahima oddiy fuqarolarni qamrab oldi. 16-oktabr kuni fronlarda sezilarli hech qanday hodisa sodir bo‘lmasada, Moskvada turli tartibsizliklar boshlandi, aholi shaharni tashlab qochishga tushdi. Bunga sabab bir ncha kun oldin qabul qilingan maxfiy buyruq bo‘ldi.
Ittifoq rahbariyati, albatta, urushda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini tushungan holda poytaxtni ham ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rardi. Moskvadan barcha muhim davlat muassasalarni qisman zahiradagi poytaxt nomini olgan - Kuybishev shahriga jo‘natish, muhim infratuzilma obyektlarini portlatish haqida buyruq chiqqandi.
Luchi projektorov voysk PVO osveshayut nebo Moskvi
Lekin ayrim rahbarlar uni "qo‘lingga tushgan narsani olib imkon qadar tezroq qochib qolish kerak" deb tushungan. Oqibatda idorlarar ochiq, qarovsiz qolgan, maxfiy hujjatlar, Lenin va Marks kitoblari ko‘chalarda yoqilgan.
Davlat muassasalarining ko‘chirilishini ko‘rgan aholining vahimasi yanada kuchaygan. Shaharda talon-taroj, bosqinchilik va boshqa jinoyatlar soni ham keskin oshib ketgan. Aksariyat xodimlari frontga jo‘natilgan militsiya bu jinoyatlarga qarshi kurashishga kuchi yetmay qolgan.
Ushbu vahimali voqealarning tragikomik ramzi sifatida "Muqaddas urush" so‘zlarining muallifi V. I. Lebedev-Kumachning taqdirini eslash mumkin. U o‘zining uy jihozlarini ikkita yuk avtomobilga ortib yuk stansiyasiga olib kelgan, lekin ularni poyezda yuklashda muammo sodir bo‘lgan. Ikkin kun davomida ushbu muammo bilan kurash natijasida shoir aqldan ozgan...
Lekin sovet rahbariyati muammo negizin darhol tushungan va 16-oktabr kuni boshqa qaror qabul qilgan. Moskva shahri rahbarlari aholiga "Moskva dushmanga hech qachon topshirilmasligini" aytib tinchlantiruvchi so‘zlar bilan murojaat qilgan. Shu kunning o‘zida metro qayta ishga tushirilgan, tramvaylar yura boshlagan. Oradan ikki kun o‘tib vahimachilarni joyida qatl qilish haqida qonun qabul qilingan. Ushbu choralar natijasida tez orada Moskvada tartib o‘rnatilishiga muvaffaq bo‘lingan.
Stalinning o‘ziga kelsak, uning rejalari 80-yildan keyin ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Dastlabki re ja bo‘yicha dohiyning o‘zi ham poytaxni tark etishi kerak bo‘lgan. Aytishlariga ko‘ra, Stalin ham temiryo‘l vokzaligacha kelgan, plaftorma bo‘ylab biroz aylanib yurgan va keyin yana Kremlga qaytib ketgan va shu bilan masalani yopgan. Tarixiy hujatlardan ma’lumki, o‘sha og‘ir kunlarda Stalin Moskvani tark etmagan.
Oqibatda mana shu qaror juda to‘g‘ri bo‘lib chiqqan va urushning keyingi taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatgan. 1940-yilda Parijda sodir bo‘lgan voqealarni esga olsak buning mohiyatini tushunamiz.
Oxrana moskovskogo neba
1940 yilning 14 in kuni, nemislar bostirib kelishi arafasida Fransiya hukumati evakuatsiya qilingan va aholi hatto uning qayerdaligini bilmagan. Shundan so‘ng Parijda aholi mashinalarda, aravalarda qochib ketishga uringan. Hukumat joyida bo‘lmaganidan so‘ng, biroz o‘tib (1940 yil kuzda) davlatning o‘zi ham nemislarga taslim bo‘lgan.
Moskva himoyasi esa, butun boshli Ikkinchi jahon urushining yo‘nalishini o‘zgartirib yubordi. Sovet armiyasi himoya va chekinishdan ilk bor hujumga o‘tdi va Berlingacha yetib bordi. Tarixchilar ba’zan buni "Moskva mo‘’jizasi" deyishadi.
Ehtimol Gitler ham 1945-yilda o‘rtoq Stalindan o‘rnak olgan. Zeyel tepaliklarida uning uchun maxsus bunker tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsada, so‘nggi damgacha u Reyxstagni tark etmagan. To‘g‘ri-da, o‘zi xavfsiz joyga yashirinib olib odamlari jangga boshlayotgan rahbarning gapiga kim ham quloq solardi.
Ehtimol, Stalin ham 1941-yilda ana shular haqida o‘ylagan va mamlakatni asrab qolgan mutlaq to‘g‘ri qarorni qabul qilgan, lekin o‘sha kunlarda vahima domiga tushib "sichqon ini ming tanga" bo‘lib qolgan rahbarlar ham kam emasdi. SSSRda ularni urush haqidagi xotiralardan o‘chirib tashlashga harakat qilishgan, faqat "mustahkam devor va po‘lat mudofaa" haqida kuylashgan.
Lijnaya podgotovka voyennoslujashix Sovetskoy armii v parke "Sokolniki"