O‘zbekistonda 150 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi

O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni emlash bo‘yicha Farg‘ona vodiysi peshqadamlik qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 150 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"12-18 yoshgacha bo‘lgan 151 124 nafar bolalar Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabrdan boshlab respublika bosh sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgan edi.
Bolalar uchun eng ko‘p vaksina qo‘llanilgan hududlar Farg‘ona viloyati - 37 395 doza, Andijon - 22 502 doza, Namangan - 21 837 doza, Samarqand viloyatida - 14875 doza, Toshkent shahrida - 13197 doza vaksina qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, buguni kunda O‘zbeistonda qo‘llanilgan jami vaksina dozalari soni 23 milliondan oshib ketdi. To‘liq emalangan fuqarolar soni 5,6 milliondan oshgan. Bu jami emlanishi kerak bo‘lgan aholining 26% ini tashkil qiladi.