Aktor Boris Tashkentskiy vafot etdi

"Budulay, kotorogo ne jdut" filmida bosh rolni o‘ynagan aktor Boris Tashkentskiy vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT,16 okt — Sputnik. Sovet va Rossiya filmlarida rollar ijro etgan aktor Boris Morduxayev 84 yoshida vafot etdi, deb xaar qilmoqda Ria Novosti Romen teatriga asosan.
"Chuqur qayg‘u bilan shuni xabar qilamizki, Rossiya xalq artisti Boris Roshelyevich Tashkentskiy 84 yoshida vafot etdi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Boris Roshelyevich Morduxayev Toshentda yahudiylar oilasida 1937-yilda tug‘ilgan. Uning otasi va onasi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri aktorlari bo‘lishgan.
Boris yoshligidan teatr-studiyalarda akorlik kasbini o‘rgangan va Toshkent teatr institutiga o‘qishga kirgan. Bir vaqtning o‘zida vokal-instrumental ansamblda ishtirok etgan. 1960-yilda Moskvaga ko‘chib o‘tadi Shepkin teatr o‘quv yurtiga kiradi.
Boris Tashkenstkiy "Budulay, kotorogo ne jdut", "Moy ostrov siniy", "Verniy drug Sancho" kabi filmlar va teatrda ijro etgan ko‘plab rollari bilan xalqqa tanilgan.