UzAuto Motors arzonroq Cobalt taklif qildi

UzAuto Motors Cobalt avtomobilini 1 million so‘m arzonroq evaziga tezroq yetkazib berish taklifini berdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi butun dunyo avtomobil sanoatiga, shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu sabab UzAuto Motors Cobalt avtomobilini 1 million so‘m arzonroq evaziga tezroq yetkazib berish taklifini berdi.
UzAuto Motors avtomobillari qozog‘istonliklarga yoqib qoldi
Bunda avtomobil xaridorga o‘rindiq isitish modulisiz yetkazib beriladi.
“Yuzlab tayyor Chevrolet Cobalt avtomobillari zavod avtoturargohida o‘zlarining yangi egalarini kutmoqda. Birgina yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sabab avtomobildagi o‘rindiqni isitish tizimi ishlamasligi avtomobilni egasiga topshirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib, UzAuto Motors kompaniyasi yaqin orada 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni o‘rindiq isitish modulisiz taklif etadi. Ushbu komplektatsiya 1 million so‘mni tashkil etadi. Ularning narxi avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.
Avtomobilda konditsioner va pechka ishlashini ta’minlovchi isitish va sovitish tizim regulyatori (HVAC kontroller) o‘zgarishsiz ishlaydi. O‘rindiqni isitish tugmasi ishlamaydi”, — deyilgan UzAuto Motors xabarida.