TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Fransiyaning Renault avtokonserni O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Arkana va Kaptur krossoverlari shu yilning kuzida sotuvga chiqariladi.
"Renault Group kompaniyasining O‘zbekistondagi hamkori Roodell bilan birgalikda brendning yangi bozoriga kirishi tashkil etilgan. <...> Birinchi mashinalar shu yilning kuzida xaridorlarga taqdim etiladi: birinchidan, zamonaviy kupe-krossover Renault Arkana va yorqin shahar krossoveri Renault Kaptur sotuvga chiqariladi”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Keyinchalik Renault Duster yo‘ltanlamas avtomobili respublika avtomobil bozorida paydo bo‘ladi.
Dastlabki bosqichda Renault sotish va xizmat ko‘rsatish Toshkentdagi 2ta dilerlik markazida amalga oshiriladi.