Putin migrantlar haqida: integratsiya - faqat pul ishlash degani emas...

Putin Rossiyaga kelayotgan migrantlar to‘la qonli hayot kechirishi uchun rus tili va Rossiya madaniyatini bilishi keraklini aytdi.
Sputnik
TOShKENT 15 okt - Sputnik. – Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH hududida “Rus tili - birlashtiruvchi kuch" ekanini ta’kidladi.
MDH davlat rahbarlari Kengashida prezident RFga kelayotgan mehnat migrantlari eng kamida rus tilini bilishlari, mamlakat tarixi va madaniyati haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerakligini aytdi.
“Haqiqatan ham, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida mushtarak jihatlar ko‘p. Umumiy tarix, ma’naviy-ruhiy ildizlar, madaniyatlar, urf-odatlar, an’analarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi... Va albatta, rus tili”, deya alohida ta’kidladi Rossiya yetakchisi.
“Rossiyada Hamdo‘stlik mamlakatlaridan qancha mehnat migrantlari ishlayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz. Insonlarning moslasha olishi va Rossiyaning to‘laqonli hayotiga kira olishi siz uchun ham, biz uchun ham muhim”, - dedi Rossiya prezidenti.
Bundan tashqari, u mehnat migrantlari Rossiya madaniyatini, Rossiya hamda sobiq Sovet Ittifoqi xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bilishlari lozimligini ham ta’kidladi.
Integratsiya – faqatgina pul ishlash emas, balki mamlakatda to‘laqonli hayot kechirish demakdir, dedi u.