Lavrov: G‘arb Rossiyaga u kuchayib borayotgani uchun ham bosim o‘tkazishga urinmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, Rossiyaning tobora mustahkamlanib borayotgani G‘arbga ma’qul kelmayapti, shu bois ham unga bosim o‘tkazishga urinmoqda
Sputnik
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. G‘arbga Rossiyaning stabil rivojlanishi va xalqaro maydondagi mustahkamlanib borayotgani yoqmaydi, shu bois bizlarga turli yo‘llar bilan bosim o‘tkazishga harakat qilishmoqda.
Lavrovning ta’kidiga ko‘ra, bu bosim sanksiyalar va axborot provokatsiyalari ko‘rinishida ro‘y bermoqda.
"G‘arblik hamkasblarga Rossiyaning ichki stabil taraqqiyoti, bizning pozitsiyalarimiz xalqaro maydonda kuchayib borayotgani umuman yoqmaydi. Bizga keng qamrovli noqonuniy instrumentlar yordamida bosim o‘tkazishga urinishmoqda - bu biroqlama sanksiyalardan tortib, axborot fitnalari va ichki ishlarga aralashuvda o‘z ifodasini topmoqda", - deb bayonot qildi Lavrov rossiyalik vatandoshlar butunjahon kongressida chiqishi davomida.