TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Dunyoning yetakchi IT kompaniyalari O‘zbekiston g‘aznasiga 1,4 million dollar soliq to‘ladi deb xabar qilmoqda Davlat Solq qo‘mitasi.
️Joriy yilning 9 oyida Facebook 7,6 mlrd. so‘m, Google Commerce Ltd.– 4,6 mlrd. so‘m, Apple – 2,2 mlrd. so‘m, Netflix – 331 mln so‘m va Yandex – 256 mln so‘m soliq to‘ladi, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniya QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan. Bular – Vaskiani Ventures Limited (Kipr)), Google Cloud EMEA Limited (Irlandiya), Spotify AB (Shvetsiya), ADOBE (Irlandiya), DELSE, Inc. (AQSh), Scribd, Inc. (AQSh), LinkedIn Ireland Unlimited Company (Irlandiya), Google LLC (AQSh) va Microsoft Ireland Operations Limited (Irlandiya).
Shuningdek, O‘zbekistonda ikki yil ichida doimiy vakolatxonaga ega bo‘lmagan holda jismoniy shaxslarga elektron xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida Booking.com B.V., Netflix International B.V., Apple, Facebook, Yandex, Huawei kabi taniqli brendlarni uchratish mumkin.
️Ushbu platforma xorijiy yuridik shaxslarga O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish, onlayn shaxsiy kabinetdan foydalanish, (hisobot taqdim etish va soliq to‘lash) shuningdek, soliqqa tortish bilan bog‘liq barcha savollarga javob olish imkonini beradi.