UzAuto Motors avtomobillari qozog‘istonliklarga yoqib qoldi

UzAuto Motors avtomobillarining Qozog‘istonda sotuvi qanday bo‘lmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. UzAuto Motors avtomobillari Qozog‘iston avtomobil bozorida yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 9 oyida qozog‘istonliklar 79 444 dona avtomobil sotib olishgan va buning 28 foizdan ortig‘i Chevroletga to‘g‘ri keladi.
"Jami 22383 dona mashina sotildi, bu bozor ulushining 28,17 foizini tashkil qildi", - deyilgan xabarda.
2020 yilga nisbatan UzAuto Motors avtobillarini sotish hajmi 5 barobar oshdi. Qozog‘iston fuqarolari ko‘proq Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexiani tanlamoqda.
Xabarda qayd etilishicha, qo‘shni davlatda bu modellar O‘zbekistonga qaraganda taxminan 1000 dollar qimmatroq sotilmoqda.