TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkentlik rassom Inkuzart yana bir noodatiy graffiti chizdi.
“Bizning tomirlarimizda buyuk ota-bobolarimiz qoni oqmoqda. O‘zbek xalqi o‘z tarixi bilan faxrlanadi, biroq qachongacha???
Hozirgi avloddan ham buyuk insonlar chiqishini va ular bilan faxrlanishni xohlayman, toki bizning kelajak avlod bizdan faxrlansin!”, - deb yozgan rassom Instagram’da.
Inkuzart ijod namunasini 3 ming obunachi baholadi.
O‘tgan yilning bahorida ijodkor Chilonzor tumanidagi devorlarda koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan graffitni chizgandi. Tibbiy niqob, farishta qanotli shifokor surati, niqob taqqan Mona Liza, kislorod niqobini ushlab turib, bemorlarga yordam berishga shay turgan shifokor aks etgan “Ko‘z” nomli rasmlar shular jumlasidan sanaladi.