Toshkent Pentagon delegatsiyasining tashrifi yuzasidan rasmiy so‘rov olmagan – Mudofaa vazirligi

Avvalroq OAVlar Pentagon O‘zbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi ekani haqida xabar tarqatgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Pentagondan respublikaga tashrif buyurish haqida rasmiy so‘rov olmagan. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq Politico nashri kongressdagi manbasiga tayangan holda oktabr oyida Pentagon vakillari O‘zbekistonda AQShning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyani muhokama qilishi haqida xabar qilgan edi.
“Bu ma’lumotni tasdiqlay olmayman, chunki biz rasman hech narsa (rejalashtirilayotgan tashrif haqida – tahr.) olmadik. Rasman bizga xabar qilishgan bo‘lishardi, biroq hozir hech narsa yo‘q”, - dedi Zulfiqorov Amerika nashri xabariga munosabat bildirayotib.
Sentabr oxirida, Politico nashri AQSh Rossiya va MDH mamlakatlari bilan Afg‘oniston yaqinida joylashgan harbiy bazalardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanish haqida muzokaralar olib borgani haqida xabar qilgan edi. Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bu xabarni rad etgan edi. Chunki “mamlakat qonunchiligi bunga imkon bermaydi”.