Bugun O‘zbekistonda navbatdagi prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
Sputnik O‘zbekiston muxbirlari Toshkentdagi bir nechta saylov uchastkalariga kelishdi.
Ulardan biri Mirobod tumanidagi 111-sonli saylov uchastkasi. U Lomonosov nomidagi MDU filiali binosida joylashgan. Bu yerda Movarounnahr va Ming o‘rik mahallalarining 2 144 aholisi ovoz berishi mumkin.
Muddatidan oldin ovoz beruvchilar o‘z saylov uchastkalariga 14-20 oktabrgacha kelishlari, o‘sha kuni muddatidan ovoz berish sababini tushuntirib ariza yozishlari mumkin.