Peskov O‘zbekiston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi"ga oid savolga javob berdi

Dmitriy Peskov O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan "migratsiya amnistiya" masalasiga oid savol yuzasidan izoh berdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan migratsiya amnistiyasi - bu Kremlning masalasi emas, IIV yoki migratsiya idoralaridan izoh olishingiz mumkin, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan.
O‘zbekiston elchixonasi 158 ming O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan "migratsiya amnistiyasi" berilganini ma’lum qildi.
Qancha o‘zbekistonlikka “zapret” bekor qilindi? RF IIV aniq raqamni ma’lum qildi
Shuningdek, "migratsiya amnistiyasi" ilgari sud qarorlari asosida Rossiyadan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolariga taalluqli emasligi qayd etildi.
Jurnalist "bunday amnistiya jinoiy vaziyatga ta’sir qilishi mumkinmi", - degan savol bilan Rossiya prezidenti matbuot kotibiga murojaat qildi.
"Qarang, bu prezident administratsiyasiga tegishli savol emas. Bu bizning migratsiya idoralari va IIVga tegishli savol. Men sizga u yerga murojaat qilishni maslahat beraman", - dedi Peskov jurnalistlarga.
Peskov, shuningdek, bunday amnistiya to‘g‘risida qaror Kreml tomonidan qabul qilinmaganini tasdiqladi.