Pentagon O‘zbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi - OAV

Amerikalik harbiylar O‘zbekistondan turib Afg‘onistondagi nishonlarni "yaxshiroq kuzatish va zarba berish"ga umid qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Pentagon vakillari oktabr oyida O‘zbekistonda AQShning aksilterror kuchlarini joylashtirishni muhokama qiladi, deb xabar qilmoqda Politico nashri, Kongressdagi manbasiga asosan.
"Kun tartibida asosiysi "gorizont orti" aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoni bo‘ladi. Bunday bitim AQSh harbiylariga Afg‘onistonni yaxshiroq kuzatish va u yerdagi nishonlarga zarba berish imkonini bergan bo‘lardi", - deylgan xabarda.
Sentabr oyining oxirida, Politico nashri AQSh Rossiya va MDH mamlakatlari bilan Afg‘oniston yaqinida joylashgan harbiy bazalardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanish haqida muzokaralar olib borgani haqida xabar qilgan edi. O‘shanda O‘zbekiston AQSh bilan bu borada hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishiga ko‘ra, O‘zbekiston "2012 yilda qabul qilgan konsepsiyasi va mudofaa qonuniga muvofiq, O‘zbekiston hududida hech qanday xorijiy davlat harbiy bazalarining joylashtirilishi mumkin emas va O‘zbekiston biz hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga ham qo‘shila olmaydi".
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Moskva AQShning har qanday harbiy infratuzilmasini Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘chirilishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham o‘z hamkasabasi Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida xuddi shunday fikr bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh yigirma yillik tinchlikparvar operatsiyasidan so‘ng 2021-yilning avgustida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketgan edi. Shundan so‘ng Tolibon* harakati Afg‘oniston hududida to‘liq nazorat o‘rnatdi.