TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland bilan o‘tkazilgan muzokaralar foydali, o‘z vaqtida va ochiq bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
"Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov bilan maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra, unda mudofaa vaziri o‘rinbosari general-polkovnik Aleksandr Fomin ham ishtirok etdi, shuningdek, boshqa rasmiylar bilan bo‘lgan suhbatlar natijalariga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlarda inqiroz salohiyati davom etayotganiga qaramay, Moskva va Vashington o‘zaro munosabatlarni barqaror va bashoratli qilish uchun muloqotni davom ettirish istagida” - deb qo‘shimcha qildi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya chegaralari yaqinida - birinchi navbatda Sharqiy Yevropada, Qora dengizda NATOning xavfli faollashi, AUKUSni yaratish masalalari ko‘tarildi.
Shuningdek, Viktoriya Nulandga AQSh va NATOning harbiy infratuzilmasini Markaziy Osiyoda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul deb aytildi.