TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya razvedkasi Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanish ssenariysini oldindan bashorat qildi, dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi razvedka xizmati yangi hokimiyat harakatlarini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.
"Biz shuningdek MDH davlatlari maxsus xizmatlaridagi hamkasblarimiz bilan tezkor rejimda ma’lumot almashmoqdamiz (Afg‘oniston bo‘yicha - tahr.)", - dedi Tashqi razvedka xizmati rahbari.
Joriy yilning avgust oyida, AQSh o‘z harbiy qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqib ketayotgan bir paytda, toliblar barcha yirik shaharlarni egallab oldi va yigirma yillik urush tugaganligini e’lon qildi. Sentabr oyida ular "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi davrida tashqi ishlar vazirligi boshlig‘i lavozimida ishlagan va BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Ohund boshchiligidagi vaqtinchalik hukumatni shakllantirdilar.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.