Yaqinda Rossiyada “Chukavin snayper miltig‘i”ning davlat sinovlari yakunlandi.Ushbu qurol Sovet va Rossiya armiyasida 50-yildan buyon foydalanib kelinayotgan afsonaviy SVD o‘rnini bosa oladimi? RIA Novosti xabariga asosan.
Chukavin snayper miltig‘i
Snayperskaya vintovka Chukavina (SVCh) ilk bor “Armiya-2017” harbiy-texnik forumida keng jamoatchilikka namoyish etilgan edi. "Kalashnikov" konserni rahbari Aleksey Krivoruchkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda SVChga Rossiya Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya va chet ellik xaridorlar qiziqish bildirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu qurolni “Patriot” poligonida shaxsan sinab ko‘rgan edi.
Chukavin snayper vintovkasi - yarim avtomatik, 1200 metrgacha bo‘lgan masofada dushmanni mag‘lub etish uchun mo‘ljallangan. Vintovka juda ixcham - uzunligi bir metrdan oshmaydi. Patron qabul qilgich va stvol yagona “quti” ichiga joylashtirilgan va uning tepasiga optik ko‘rish moslamasi o‘rnatish joyi bor. Miliq teleskopik taxlanadigan dasta va tepkini sozlash mexanizmi bilan jihozlangan. Bu qurolni oson transportirovka qilish va har bir mergan uchun uni o‘ziga moslashtirish imkonini beradi.
Yangi miltiq gardina sxemasi bo‘yicha ishlab chiqilgan. Ya’ni uning ichki mexanizmlari vertikal bo‘linmalarga joylashtirilgan. Bu qurolni hajmini kichik qilishga xizmat qiladi. Tepa qismi mustahkam metalldan yasalgan bo‘lib, o‘q otish paytida u barcha bosimni o‘ziga oladi. Vintovkaning qolgan qismida polimer va kompozit materiallar keng qo‘llaniladi. Buning evaziga uning og‘irligi atigi 4,2 kilogrammni tashkil qiladi.
SVChning yana bir afzalligi - uning ko‘p kalibrli arxitekturasi. Ayni damda unga uchta turli kalibrli stvollar o‘rnatilishi mumkin: 7.62x54 mm, 7.62x51 (NATO) va 8.6x70 mm (.338 Lapua Magnum) maxsus patronlar uchun.
Dragunov snayper miltig‘i
Sobiq veteran – Snayperskaya vintovka Dragunova (SVD)– oddiy, ishonchli nishonga aniq uradigan, qulay snayper miltig‘i hisoblanadi. Armiya topshiriqlarini u haliyam uddalay olsa-da, lekin uni biror muayan vazifaga moslashtirish - mushkul ish.
Podgotovka siriyskix voyennoslujashix rossiyskimi voyennimi spetsialistami
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
/ Dragunov vintovkasi nisbatan yengil, ergonomika jihatidan juda qulay, dastasi yog‘ochdan yasalgan. Uni ishlab chiqishda konstruktor ko‘proq sport vintovkalaridan andoza olgan. Uning ishlatilgan patronni chiqarib tashlash va qayta o‘qlash mexanizmi ham porox gazlari yordamida aksariyat o‘qotar qurollarda bo‘lgani kabi, an’anaviy uslubda amalga oshiriladi.
SVDning og‘irligi 4,5 kg, uning optik nishonga olish moslamasi 1300 metr masofaga mo‘ljallangan. SVD so‘nggi 50-yilda Yevroosiyo qit’asida yuz bergan deyarli barcha yirik harbiy mojarolarda ishtirok etib, tog‘, cho‘l va boshqa murakkab sharoitlarda o‘zini yaxshi namoyish etgan. 1980-yillarda afg‘on urushida ham u “ko‘p ish” bajargan. Uni nafaqat sovet askarlari, balkim mujohidlar ham yuqori qadrlagan.
SVDning bir necha modifikatsiyasi ham ishlab chiqilgan. Ular orasida KSVK va ASVK-M modifikatsiyalari ham bor. Ularning asosiy vazifasi dushmanning yengil zirhlangan nishonlari va uchuvchisiz apparatlaridir. Bugungi kunda Rossiya armiyasida uchuvchisiz apparatlarni snayper miltiqlari yordamida urib tushirishga ixtisoslashgan maxsus bo‘linmalar ham tashkil qilingan.
ORSIS T-5000
Lekin hozirgi Suriya sharoitida Rossiya armiyasi mutlaq yangi snayper vintovkasi - ORSIS T-5000dan foydalanmoqda. Ushbu qurol 2011-yilda mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib tez orada bir necha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Uning yordamida Rossiya “Alfa” bo‘linmasi 2012-yilda qurolli kuchlar orasida xalqaro musobaqada oltin medal olgan edi.
Snayperskaya vintovka ORSIS T-5000
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
ORSIS – yuqori aniqlik va o‘q otish jamligiga esa. Uning ushbu ko‘rsatgichi - atigi 0,5 MOA. Bunga zamonaviy yig‘ish texnologiyalari, maxsus ishlov berish va qismlarni bir-biriga moslashtirish natijasida erishildi. Undan tashqari, miltiq ergonomikasi ham juda yaxshi: uning dastagi qulay sozlanishi imkoniga, ushlagichi anatomik qulay shaklga egadir.
ORSIS T-5000 - 7,62x51 mmli (.308 Winchester) hamda 7,62x67mmli (.300 Winchester Magnum) va 8,6x70 mmli (.338 Lapua Magnum) patronlariga moslashtirilgan bo‘lishi mumkin. Vintovka magazini 5 yoki 6 patronga mo‘ljallangan. Nishonga olish uzoqligi - 1650 metrgacha, lekin tajribali merganlar undan ham uzoq masofani nishonga olishlari mumkin.
"ORSIS" brendi Moskv shahrida joylashgan OOO "Promtexnologiya" qurol zavodiga tegishli bo‘lib, "ORujeynie SIStemi” iborasining qisqartirilgan shaklini anglatadi. Korxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va bugungi kunda ovchilar, sport hamda ixtisoslashgan qurollar ishlab chiqaradi.