O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘zgarishi kutilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga ko‘tarilmoqda – Kusherbayev.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi ko‘tarilishi mumkin.
Bu haqda O‘zLiDeP deputati Rasul Kusherbayev o‘z telegram kanalida post yozdi.
O‘zbekistonda benzin qimmatlashdimi? Deputat Kusherbayev narxlarni o‘rganib chiqdi
“Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishga doir ushbu mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6275-son Farmoni muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi o‘n to‘rt yosh qilib belgilash taklif etilgan edi.
Xorij mamlakatlar, xususan Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va MDH mamlakatlari jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi sifatida o‘n to‘rt hisoblanadi.
Aytish kerakki, mazkur o‘zgarishlar insonparvarlik yo‘lidagi yana bir qadam, deyish mumkin”, deb yozgan deputat.