TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Dushanbeda mashhur sovet va tojik sportchisi Zebiniso Rustamova sovrinlari uchun kamondan otish bo‘yicha ochiq musobaqalar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Tojikiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tojikistonning turli hududlaridan 38 nafar ishtirokchi, shuningdek, Farg‘ona viloyatidan kelgan sportchilar uch kunlik musobaqada bellashdi.
Rustamovaning so‘zlariga ko‘ra, u turnir natijalaridan mamnun va kelajakda xalqaro musobaqalarda yoshlardan katta natijalar kutish mumkin
Aralash juftliklar o‘rtasida 70 metr masofaga o‘zbek dueti Gulmira O‘rinboyev va Zokirjon G‘ofurov g‘olib bo‘ldi.
Yakka tartibda xuddi shunday masofada o‘q otish bo‘yicha dushanbalik Madina Rajabova va Umejon Rahmonov g‘olib chiqdi.
Ayollar jamoaviy bahslarida dushanbelik Madina Radjabova, Firuza Zubaidova va Zuxro Tagoyevalar uchligi eng yaxshi deb topildi.
Dushanbe terma jamoasi - Safarbek Maxmadullozoda, Mustafo Mirzoho‘jayev va Abubakr To‘rayev erkaklar o‘rtasida jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, tojikistonlik kamonchi Zebiniso Rustamova 1975-yil yakka va jamoaviy bahslarda jahon chempioni, SSSRning ko‘p karra chempioni va jahon rekordchisi.