TOShKENT, 12 okt — Sputnik. 12 oktabr kuni Nur-Sulton shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi" (KAMHK) shaklidagi birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Bahrayn tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda KAMHK bosh kotibi Naif al-Hajraf ishtirok etdi.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Kamilov prinyal uchastie v pervoy konsultativnoy vstreche v formate "Sentralnaya Aziya – Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv zaliva" (SSAGZ)
© MID Uzbekistana
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan KAMHK Bosh kotibiyati o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar mexanizmi bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shadi va tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar tashkil etishni ko‘zda tutadi.