O‘zbekiston butun Markaziy Osiyo bilan "harbiy ishonch"ni o‘rnatdi - ekspert

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik o‘zaro ishonchni mustahkamladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-oktabr - Sputnik. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik o‘zaro ishonchni mustahkamladi va mintaqadagi ziddiyat darajasini pasaytirdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev aytdi.
O‘zbekiston va Pokiston ShHT doirasida Afg‘onistonga yordam beradi
"Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning harbiy hamkorligining muhim yo‘nalishiga aylandi. Bu O‘zbekiston uchun birinchi tajriba bo‘ldi va u darhol kerakli bo‘lgan natijaga olib keldi - O‘zbekiston chegaralaridagi ziddiyat darajasi pasaydi va harbiy sohadagi o‘zaro ishonch mustahkamlandi", - dedi mutaxassis.
Mutaxassis so‘nggi yillarda O‘zbekiston birinchi marta Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzganini elatib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatlar doirasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlash, qo‘mondon-shtab va taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik tashkil etildi.
"Hozirgi kunda respublika hukumati "qo‘shni davlatlarning harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni tashkillashtirish" ustida ish olib bormoqda" – deya ta’kidladi Valiyev.
SMTI direktori o‘rinbosarining fikricha, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan harbiy hamkorligi mintaqadagi har qanday vaziyatni muvofiqlashtirish va birgalikda harakat qilishning samarali mexanizmlarini yaratishga imkon berdi.
"Qolaversa, bizda Markaziy Osiyoda MDH va ShHT kabi tashkilotlar ko‘rinishidagi samarali vositalar mavjud, ular doirasida mudofaa vazirlari uchrashuvlari homiyligida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan", - dedi ekspert.