TOShKENT, 12 okt — Sputnik. “Sputnik V" vaksinasining 130 ming dozasi ichki bozorga chiqdi. Bu haqda @rian_ru ga Jurabek Laboratories vakili ma’lum qildi.
"Biz Rossiyadan barcha ruxsat beruvchi hujjatlarni oldik. Ishlab chiqarilgan 130 ming doza Sputnik V vaksinasi birinchi partiyasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi", - dedi u.
Bu vatsinalarning barchasi faqat O‘zbekistonda qo‘llaniladi. Hozircha vaksinalar aynan emlash punktlariga qachon kelishi haqida ma’lumot yo‘q.
Keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Jurabek Laboratories” MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Sputnik V" vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi, deb ma’lumot berdi.
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi.
29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.
11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.