YuNISEF: O‘zbekistonda 68 foiz qizlar Internetdan umuman foydalanmagan

YuNISEF tadqiqotiga ko‘ra, mamlakatda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foiz, o‘g‘il bolalar orasida esa 30,0 foizni tashkil qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. Bundan YuNISEF o‘tkazgan tadqiqot dalolat bermoqda.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatganki, O‘zbekistonda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foiz, o‘g‘il bolalar orasida esa 30,0 foizni tashkil qiladi.
“14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. Bu ularning ta’lim olish va mehnat bozoridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, - deyilgan xabarda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra qariyb 20 milliontani tashkil etadi.
O‘zbekistonda internet qimmatmi - AKT vazirligi izoh berdi