TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston tarixida energetika loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida kredit olish uchun mandat xati imzolandi.
Moliyalashtirish mablag‘lari 500 kV Sarimoy-Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ajratiladi.
Bu elektr uzatish tarmog‘i mamlakatning ikki viloyatida bo‘lajak shamol elektr stansiyalarining quvvatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlaydi: Quvvati 500 MVt bo‘lgan “BASh” shamol elektr stansiyasi (Buxoro viloyati) va quvvati 500 MVt bo‘lgan “Jonkeldi” shamol elektr stansiyasi (Navoiy viloyati).
Qayd etish joizki, mazkur ikkita shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.