TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Navoiyda kimoviy elementlarning daroga oqizilishi minglab baliqlarni nobud qildi.
Ilgariroi ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidan oqib o‘tuvchi Zarafshon darosida baliqlar yoppasiga nobud bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, avvaliga viloyatning Karmana tumani hududidan oqib o‘tgan Zarafshon darosining ma’lum qismi rangi o‘zgargan, so‘ngra ushbu o‘zgarishdan so‘ng son-sanoqsiz baliqlar nobud bo‘lgan.
Voqea haqida ommaga ma’lum bo‘lgach, viloyatdagi mas’ul mutaxassislardan tashkil topgan tezkor ishchi guruh tashkil qilingan va holatni o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan.
Dastlabki laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, o‘lik baliqlar aniqlangan daroning 5 nuqtasidan tahlil namunalar olingan va besh turdagi kimoviy elementlar belgilangan gigiyenik meyorlardan oshgani aniqlangan. Ushbu tadqiqotga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi daroda zaharlanish yuzaga kelganligini e’tirof qilib, jamoatchilikni bundan xabardor qilgan. Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha o‘rganish va surishtiruv ishlari davom ettirilishini bildirib o‘tgan.
Biroz vaqt o‘tgach, 10-oktabr kuni, “Navoiyazot” AJ rasmiy bayonot bilan chiqish qilgan. Korxona Ekologiya qo‘mitasi bayonotiga keskin qarsh ekanini bildirgan.
"Navoiyazot" xabariga ko‘ra, tashlanma suvlar laboratoriya tahlillaridan keyin Zarafshon darosiga faqatgina korxonaga qarashli bo‘lgan 267-quduq orqali yuborilgan. Ular asosan ishlab chiqarish maydonlaridagi yomg‘ir oqova suvlari, sovituvchi suv aylanish tizimi va isitish qozonlarini tozalashdagi suvlardan iboratligi keltirib o‘tilgan.
Ayni shu vaziyatda, korxona sanitariya laboratoriyasi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida muntazam ravishda oqova suvlardan tahlil namunalar olinib borilishi va mutaxassislarning doimiy nazoratida ekanligi aytilgan.
Bundan tashqari, Zarafshon darosi nafaqat “Navoiyazot”, viloyatdagi boshqa turli sanoat va ishlab chiqarish obyektlaridan hosil bo‘lgan oqova suvlarni qabul qiluvchi havzaligiga urg‘u berilgan.
Mahalliy nashrlarda xabar berilishicha, ofat tufayli mingdan ortiq baliqlar nobud bo‘lgan, zarar miqdori esa 4 milliard so‘mdan ortiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Mazkur vaziyatga O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham o‘z munosabatini bildirdi. Partiya “Navoiyazot” AJ o‘z sanoat chiqindilarini Zarafshon darosiga oqizib yuborgani va bu zararli moddalar nafaqat atrof-muhit, balki insonlarga ham ziyon keltirishini eslatib, bu hodisani qattiq qoralagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda ishchi guruh tashkil etilib, tahlil uchun darodan takroriy na’munalar olinmoqda, nobud bo‘lgan baliqlarni tadqiqodchilar sinchiklovlik bilan o‘rganishmoqda. Yaqin kunlarda o‘rganishlar natijasini jamoatchilikka yetkazilishi kutilmoqda.