Klaster boru tajriba yo‘q yoki urug‘chilik muammolari haqida

O‘zbek ilmiy paxtachiligi va urug‘chilik tizimi yuz yillik tarixga ega bo‘lib mintaqada eng ilg‘or hisoblanadi, lekin paxtakorlar undan samarali foydalanayaptimi?
Sputnik
Ma’lumki, O‘zbekiston paxta sanoatida 2020-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi bekor qilindi va fermer xo‘jaliklari hamda paxta klasterlariga paxta navlarini joylashtirish bo‘yicha erkinlik berildi (PQ-4633).
Bu, shubhasiz, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq, ushbu sohanining samaradorligini oshirishga, O‘zbekistonni paxtadan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqrauvchi davlatga aylantirishga qaratilgan ulkan qadamdir.
Shu bilan birga, bugungi kunda paxta navini mustaqil tanlash imkoniyati fermer va klasterlar uchun turli muammolar va kutilmagan qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, “ko‘pchilikning tasavvurida “chet elning navlari zo‘r” degan fikr shakllanib qolgan”, - deydi Xalqaro paxta kunida bo‘lib o‘tgan tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov.

Vaholanki, O‘zbekistonda paxta urug‘chilik an’analari mustahkam ilmiy va amaliy tajribalar bilan tasdiqlangan ko‘p yillik asosga ega. Birgina Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutida 107 ta mamlakatdan keltirilgan 12 800 ta yovvoyi, yarim yovvoyi namunalar saqlanmoqda. Ular paxtaning turli iqlim va sharoitlarga mos navlarini yetishtirish uchun xizmat qiladi.
“...bu urug‘lar seleksiya jarayoni uchun zarur. Ya’ni mazkur yovvoyi va yarim yovvoyi navlardan qurg‘oqchilikka, issiq iqlimga hamda turli kasalliklarga bardoshlilari aniqlanib, ularning genlari olinadi va asosiy maydonlarga ekiladigan navlarga chatishtiriladi”, - deydi institut laboratoriya mudiri, qishloq xo‘jalik fanlari doktori Malohat Xoliqova.
O‘zbekiston paxtani birinchi marta ekayotgani yo‘q, shu sababli ham hosil samaradorligini oshirish maqsadida urug‘ tanlash borasida ham yetarli va boy tajribaga ega. Yangi “paxtakorlar” ham ushbu tajribadan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
NII Seleksii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Uchug‘ni chet eldan olib kelishning nimasi yomon?
Xorijdan paxta urug‘i olib kelganda, fermerni bir qator ko‘zga ko‘rinmaydigan xatarlar “kutib turishi” mumkin.
Masalan, Pokistonda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi xavfli kimoviy dorilar qo‘llaniladi. Shu sababli, ulardan olingan urug‘lar ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Hindistonda geni o‘zgartirilgan chigit ekishadi. O‘zbekistonda esa, ma’lumki, aholining 70 % paxta yog‘i iste’mol qiladi. Agar ana o‘shanday geni o‘zgargan chigit yog‘i istemol qilinsa, inson geni ham o‘zgarishi mumkin. (Geni modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari insonga qanday ta’sir qilishi hozirgacha aniqlanmagan va bunday mahsulotlarni iste’mol qilish O‘zbekistonda qonun bilan ta’qiqlangan).
Turkiya, Bangladesh kabi davlatlarda esa O‘zbekistonda kuzatilmaydigan, ilmiy tilda “karantin kasalligi” deb ataladigan kasalliklar bor. Bunday atamaning sababi – chetdan olin kelinayotgan urug‘lar uch yil karantin sharoitida ekib, sinab ko‘rilishi kerak. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsagina, katta maydonlarda ekishga tavsiya etiladi. Misol uchun, ikki yildan beri pomidor hosilining chirishi kuzatilmoqa. Olimlar buni xuddi o‘sha karantindan o‘tmagan urug‘larning kirib kelishi bilan izohlamoqdalar.
Klasterlar esa bunday jarayonlardan ko‘pam xabardor emas. Ular katta pul sarflab, chet eldan texnika olib kelishayapti va tabiiyki, urug‘ni ham chetdan keltirish kerak, degan fikrga borishayapti.
NII Seleksii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘qmi
Xo‘sh, O‘zbekistonning o‘zida sinalgan, kasallikka qarshi chidamli ekani tekshirilgan urug‘lar bormi?
“Albatta, bor, - deyishdi olimlar. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Markazida har yili 100 dan ortiq navlar sinaladi. Shular orasidan talabga javob beradiganlari ajratib olinib, ekishga tavsiya etiladi”.
Yaqinda, o‘zbek olimlari g‘o‘zaning “eskimo” geni faoliyatini susaytirish natijasida ham qurg‘oqchilikka, ham sho‘rlanishu ham sovuqqa chidamli yangi g‘o‘za liniyalarini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Bugungi kunda ular davlat navsinashiga topshirilish arafasida.
Necha yillardan beri dehqonlarning bosh og‘rig‘iga sabab bo‘layotgan omillardan biri bu – vilt kasalligidir. Ushbu kasallik har yili g‘o‘za hosilining katta miqdorda nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Genomika va bioinformatika markazi xodimlari buning chorasini topgan ko‘rinadi. Markaz direktorining maqolasida keltirilishicha, yaqin yillarda vilt kasalligiga chidamli bo‘lgan “zirhlangan” g‘o‘za navlari paydo bo‘ladi va ayniqsa, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida viltdan aziyat chekayotgan fermerlar og‘irini yengil qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, olimlar tomonidan salmoqli natijalar qo‘lga kiritilyapti, lekin e’tibortalab jihatlar ham oz emas. Va mutaxassislarning yakdil fikriga ko‘ra, aynan ana shu jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish zarur.
NII Seleksii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin
Ibrohim Abdurahmonov aytishiga ko‘ra, klaster egalari “hamma ishni bir o‘zim uddalayman” qabilida ish tutmasliklari kerak. Chunki o‘zimizda urug‘chilik sohasiga ixtisolashgan shuncha olimlaru butun boshli ilmiy institutlar turganda, klasterlar “o‘zim urug‘ yarataman” desa xato qiladi.
Buning tasdig‘i sifatida vazir Tatariston tajribasini misol qilib ko‘rsatdi. U yerda klasterlar har bir ishni o‘z mutaxassisiga topshiradi. Masalan, avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan klasterlar ularni sotadigan firmalarni ham faoliyatga jalb etadi. Keyinchalik ishlatilgan shinalarni qayta sotib olib, ulardan asfalt tarkibiga qo‘shiladigan xom ashyo tayyorlashda ham ishtirok etadi.
Ikkinchidan, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar quyidagilardan iborat: navni marketing qilish. Ya’ni olimlar nav yaratayapti, lekin o‘z mehnati samarasini “reklama” qilishni bilmaydi. “Albatta, bu olimlarning ishi emas, lekin boshqa chora yo‘q”, deydi qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev.
Uchinchidan, xususiy urug‘chilik firmalarini tashkil etish lozim. Ular raqobat muhitini yaratadi. Gollandiyada shunday tajriba qo‘llaniladi, O‘zbekistonda esa ilmiy-tadqiqot institutlari o‘zi fan bilan shug‘ullanadi, o‘zi nav yaratadi, o‘zi uni registratsiya qiladi va o‘zi uni rayonlashtiradi. Oxiri hammasi “ayqash-uyqash” bo‘lib ketadi, - deydi vazir o‘rinbosari.
NII Seleksii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy