TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Tataristonda L-410 yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Samolyot bortida 22 kishi bo‘lgan – 20 nafar parashutchi va ikki nafar ekipaj a’zosi.
Rossiya FVV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan. Yetti kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ib deb baholanmoqda.
Hodisa joyida 50 dan ziyod qutqaruvchilar ish olib bormoqda, 17 ta texnika jalb qilingan. Halokat sabablari aniqlanmoqda.
22 Sentabr 2021, 09:45