O‘zbekiston Yangi yilni nishonlash uchun eng jozibali mamlakatlar beshligiga kiritildi

Polsha nashri reytingida O‘zbekiston Shvetsiya va Avstriyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi. Reytingni Polshaning Gazeta.pl nashri tuzgan.
O‘zbekiston Shvetsiya va Avstriyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.
Nashr O‘zbekiston Sharqning mashhur durdonasi va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini qayd etgan.
O‘quvchilarga qadimiy Buxoro, Xiva va Samarqand bo‘ylab juda boy va o‘ziga xos yo‘nalish taklif qilingan.

“Yangi yil kechasida Registon maydoniga borish tarixga qo‘shilish va kishini Shahrizoda ertaklarida tilda olingan romantik muhitdagi kabi his etish imkonini beradi”, - deyilgan maqolada.

Sayyohlarga Toshkentga ham tashrif buyurish tavsiya qilingan. Nashr poytaxtda o‘z milliy xususiyatlarini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi eng katta bozor – Chorsu joylashganiga e’tibor qaratgan. Yana bir diqqatga sazovor joy sifatida zamonaviy Mustaqillik maydoni ko‘rsatilgan.
Times O‘zbekistonni "aql bovar qilmaydigan" joylar beshligiga kiritdi