TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Nigora Suvonova hamda Sevinchoy Komilova 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
-71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Suvonova dast ko‘tarish mashqida 92 kg natija ko‘rsatdi va o‘z hisobiga kumush medalni yozib qo‘ydi. Siltab ko‘tarish mashqida har ikkala O‘zbekiston vakilasi shohsupaga ko‘tarildi. Suvonova bu gal ham ikkinchi natijani qayd etgan bo‘lsa, Komilova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Nigora Suvonova i Sevinchoy Komilova
© Press-slujba NOK Uzbekistana
Ikki kurash yakuni bo‘yicha Suvonova kumush medalni o‘ziniki qildi. Afsuski, bronza medali sohibasi bilan bir xil natija qayd etgan Komilova polshalik sportchidan keyin ushbu natijaga yetib kelgani uchun to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
O‘smirlar o‘rtasida JCh, Jidda.
Qizlar, -71 kg:
1. Zarina Gusalova (Rossiya) – 226 (103+123) kg;
2. Nigora Suvonova (O‘zbekiston) – 206 (92+114) kg;
3. Martina Dolega (Polsha) – 195 (88+107) kg;
4. Sevinchoy Komilova (O‘zbekiston) – 195 (84+111) kg.
Qizlar, -71 kg:
1. Zarina Gusalova (Rossiya) – 226 (103+123) kg;
2. Nigora Suvonova (O‘zbekiston) – 206 (92+114) kg;
3. Martina Dolega (Polsha) – 195 (88+107) kg;
4. Sevinchoy Komilova (O‘zbekiston) – 195 (84+111) kg.