TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Kuni kecha o‘zbek estradasi yulduzi Ozoda Nursaidova o‘zining 47 yoshini nishonladi.
Shu munosabat bilan xonanda ajoyib ziyofat uyushtirdi va ko‘plab mehmonlarni taklif qildi. Bazm Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi.
Biroq gazli sharlar feyirverkka tegib, portlab ketdi.
Voqea restoran kirish qismida yuz berdi. Bu vaqtda Ozoda, raqqosa Parizoda, bloger Ozod Xuramov va yana bir qancha mehmonlar yonida bo‘ldi.