“Navoiyazot” yaqinida o‘tgan daroda baliqlar yoppasiga zaharlanib, nobud bo‘ldi - foto

Zarafshon darosining baliqlari ommaviy ravishda nobud bo‘lgani aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Navoiy viloyatidan o‘tgan Zarafshon darosining baliqlari ommaviy ravishda nobud bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Analitik laboratoriya mas’ul xodimlari, Karmana tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot”ning Sanitar laboratoriyasi mutaxassislari daroning 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olindi.
Natijada azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan meyorlardan yuqoriligi hamda daroda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlandi.
Dastlabki o‘rganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda.