Ukraina Turkiy kengashga qo‘shilmoqchi

Ukraina Turkiy Kengashga kuzatuvchi sifatida kirishni istamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Ukraina Turkiy Kengashga kuzatuvchi sifatida kirishni istamoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri ukrainalik hamkasbi bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.
Turkiy Kengash turkiyzabon davlatlarni - Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Uning ishi to‘rtta asosiy tamoyilga asoslangan: umumiy tarix, til, o‘ziga xoslik va madaniyat.
Ukraina: inqiroz yubileyi
Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Japarova Ukraina - turk madaniyatining merosxo‘ri ekanligini aytgandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turk dunyosi mamlakatlari muloqoti va hamkorligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan xalqaro platformadir. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
2009 yilning 3-oktabrida Ozarboyjonning Naxichevan shahrida Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan iborat to‘rt davlat ishtirokida Turkiyzabon davlatlarning hamkorlik kengashi tuzilgani e’lon qilingan bo‘lib, uning faoliyati prinsiplari 2016-yil 16-sentabrdagi Istanbul deklaratsiyasida e’lon qilingan.
2019 yilning kuzida tashkilotga O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan.