Toliblar: "ID"* tahdid emas, "bosh og‘riqdir"

Afg‘oniston rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, mahalliy xalq terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaydi
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. "Islom davlati"* terrorchilik uyushmasi Afg‘oniston uchun tahdid emas, deb bayonot qildi mamlakat muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari, toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Mujohid. Uning so‘zlaridan TOLO News iqtibos keltirgan.
"Biz "ID"*ni tahdid emas, balki bosh og‘rig‘i deb ataymiz. Ayrim joylarda ular bosh og‘riqlarni keltirib chiqarishmoqda, ammo har bir hodisadan so‘ng ularning aybdorlari yo‘q qilinadi. Biz ularni quvapmiz, ular yashirinadigan joylar aniqlangan", — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Abdulaziz Kamilov "Tolibon" hukumati TIV rahbari bilan uchrashdi
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, ID*ni Afg‘oniston xalqi qo‘llab-quvvatlamaydi.
Ilgariroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Afg‘onistonda "Islom davlati" jangarilari faolligi ortib borayotganidan tashvishda ekanligi haqida bayonot bergan edi. Zaxarova o‘z chiqishida terrorchilar 20 nafar insonning qurbon bo‘lishiga olib kelgan Qobul markazidagi masjiddagi portlash haqida eslatib o‘tgan edi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti