TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Pilot loyiha bo‘yicha o‘zbekistonlik quruvchilarining qariyb 10 foizi "Vostochniy" kosmodromi qurilishida ishtirok etadi.
Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin ma’lum qildi.
"Men hozir aniq raqamni eslay olmayman, lekin ular taxminan 10 ming kishilar orasida 1 mingga yaqini belgilandi. Ikki kompaniya - PSO “Qozon” va “Krocus” kosmodromda qurilish olib bormoqda”, - dedi Fayzullin.
Iyul oyi oxirida 140 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Amur viloyatidagi "Vostochniy" kosmodromi qurilish ishlariga ketdi.
Kuni kecha yana yuz nafardan ortiq kishi jo‘nab ketdi.
"Toshkent va Samarqanddan tanlov va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan respublikaning 107 nafar fuqarosi Rossiyaning Amur viloyatidagi kosmodrom qurilish maydonchalariga ishlash uchun jo‘nab ketdi", - deyilgan Tashqi migratsiya agentligi xabarida.
Fuqarolarni ish joyiga yetib borish (transport), ishlash uchun ruxsatnomasi (patent) va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.