Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov JChda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Diyorbek Ermatov dast ko‘tarish mashqida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining -73 kg vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi.
Supachaga chiqqan Diyorbek Ermatov dast ko‘tarish mashqida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonda etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Ermatov dastlab 124 kg, keyin 127 kg og‘irlikni, uchinchi urinishda esa 132 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Natijada, Diyorbek ushbu yo‘nalishda 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan rossiyalik Nikita Vagin (130 kg) hamda Gruziya vakili Nikoloz Esartia (128 kg) joy olishdi.
Siltab ko‘tarish mashqida Diyorbekdan biroz omad yuz o‘girdi. U o‘z ishtirokini 146 kg, ikkikurashda esa 278 kg natija bilan yakunladi va 5-o‘rinni egalladi.