MDH razvedka xizmatlari rahbarlari Moskvada to‘planishadi

O‘zbekiston tashqi razvedka xizmati delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tadigan majlisda ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. MDH tashqi razvedka xizmatlari rahbarlari kelgusi haftada Moskvada to‘planishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Tashqi razvedka xizmati xabariga asosan.
"13 oktabr kuni Moskvada MDH xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha majlisi bo‘lib o‘tadi", - deyilgan xabarda.
Majlisda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya delegatsiyalari ishtirok etadi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham majlisda videokonferensiya formatida ishtirok etishi kutilmoqda.