Kuchli yomg‘ir-qor va tuman: FVV haydovchilarni ogohlantirdi

FVV haydovchilarni “Qamchiq” dovoni hududida yog‘ingarchilik, tuman va ko‘rinuvchanlik pasayishi haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. 9-10 oktabr kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir - qor), vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Samarqand viloyatida gaz portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi
Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.
FVV haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.