Bayden Turkiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni uzaytirdi

Turkiya 2019-yilda Suriyaga bostirib kirib Qurd ko‘ngilli qo‘shinlariga qarshi qilgan harbiy harakatlari Sanksiyalar joriy etilishiga sabab bo‘lgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Amerika prezidenti Djo Bayden AQShning Suriya masalasi bo‘yicha 2019-yil Turkiyaga nisbatan qo‘yilgan sanksiyasini yana bir yilga cho‘zdi. Bu haqda Oq uy ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
"Suriyadagi va uning atrofidagi vaziyat, xususan, Turkiya rasmiylarining Suriya shimoli-sharqini bosib olish harakatlari IShID*ni yo‘q qilish kampaniyasiga putur yetkazmoqda va tinch aholiga xavf tug‘dirib, mintaqa tinchligiga va barqarorligiga putur yetkazmoqda", – deyilgan Bayden bayonotida.
Turkiya 2019-yilda Suriyaga bostirib kirib Qurd ko‘ngilli qo‘shinlariga qarshi qilgan harbiy harakatlari Sanksiyalar joriy etilishiga sabab bo‘ldi.
Mazkur taqiqlar asosan Mudofaa va Energetika vazirligiga nisbatan qo‘llanildi. Xususan, Bosh shtabining sobiq qo‘mondoni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Aqar, energetika vaziri Fotih Donmez va mamlakatning adolat va rivojlanish partiyasining rais o‘rinbosari Sulaymon Soylu sanksiyaga tushgan.
* - Rossiya va bir qator mamlakatlardataqiqlangan terrorchi tashkilot.