AQShda politsiya 28 yoshli migrantni otib o‘ldirdi

AQShda politsiya 28 yoshli qirg‘izistonlik migrantni otib o‘ldirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. AQShda politsiya 28 yoshli qirg‘izistonlik migrantni otib o‘ldirdi.
Hodisa 5-oktabr kuni Pensilvaniya shtatida sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston fuqarosi M.N. ko‘p o‘q jarohatlarini olgani tufayli vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida yozishmoqdaki, u fura haydovchi bo‘lib ishlagan va ishdan bo‘shatilgandan keyin unga 3 ming dollar ish haqi to‘lanmagan, shu sababli u yuk mashinasini o‘g‘irlab, politsiya mashinasiga borib urgan.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat departamenti va Ichki xavfsizlik vazirligiga aniq ma’lumot olish uchun so‘rovnoma yubordi.